«AvtoVAZ» yangi Lada Azimut krossoveri uchun 1,5 litrli turbomotor ishlab chiqishni Xitoy kompaniyasiga topshirdi. 110km.ru xabariga ko‘ra, hozircha nomi oshkor etilmagan kompaniya mavjud dvigatelni avtomobil talablariga moslashtiradi. Dastlab «AvtoVAZ» Great Wall Motor bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Biroq Xitoy kompaniyasi Rossiya bozorida Haval Jolion modeliga raqobatchi yaratishda qatnashishni istamagan.…