Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘z tarixida ilk bor havo kemasini maxsus livreyada (tashqi ko‘rinishda) namoyish etdi. Boeing 787 Dreamliner 2026-yilgi Jahon chempionatida debyut qiladigan milliy futbol terma jamoamiz ramzlari bilan bezatildi. Ta’kidlanishicha, samolyotga maxsus tasvirlarni tushirish shunchaki ijodiy jarayon emas, balki xalqaro aviatsiya standartlari va xavfsizlik qoidalariga asoslangan murakkab texnik bosqichdir.…