Toshkentda ayollarning Women in Tech xalqaro tashabbusi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Harakat asoschisi va prezidenti Ayumi Mur Aoki xonim O‘zbekistonga yangi vakolatxona ochish uchun kelgan.
Toshkentda Women in Tech rahbari Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi, IT-park ishini o‘rgandi, O‘zR’ning IT-hamjamiyati va oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashdi.
«Oʻzbekistonda Women in Tech vakolatxonasini ochish sharafiga muyassar boʻlganimdan xursandman. Uchrashuvlardan so‘ng men bu yerda ulkan salohiyat va o‘sish nuqtasi borligini ko‘rdim, chunki iqtidorli yoshlar ko‘p», — dedi Aoki xonim taqdimot chog‘ida.
Women in Tech ko‘rgazmasining ochilish marosimida so‘zga chiqqan Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova O‘zbekistonda bugungi kunda ayollarni...